ProRector imkoniyatlari

Dars taqsimotini yuklashdan tayyor jadvalni o‘qituvchilarga yetkazishgacha — barcha bosqichlar bitta dasturda.

Qo‘lda tuzilgan jadvalning muammolari

ProRector ularning har birini hal qiladi.

  • O‘qituvchi, sinf va xona to‘qnashuvlari
  • Notekis yuklama va ko‘p darchalar
  • Qo‘lda kiritishdagi xatolar va vaqt sarfi
  • Jadvalni chop etib tarqatish
  • O‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish
  • Jadvalni eMaktab’ga qayta kiritish
  • Kelmagan o‘qituvchi o‘rniga o‘rinbosar topish
  • Qo‘lda o‘zgartirishdan keyingi yangi ziddiyatlar

ProRector qanday yordam beradi

ProRector 2009-yildan buyon takomillashib kelayotgan algoritm asosida jadvalni avtomatik tuzadi va barcha qat’iy shartlarga rioya qiladi. Tayyor jadval «Yaxshilash» yordamida optimallashtiriladi, qo‘lda tahrirlashda esa aqlli yordamchi har bir o‘zgarishni nazorat qiladi. Natija eMaktab.uz, Telegram, prorector.uz yoki Excel orqali bir necha daqiqada tarqatiladi.

Ishlash tartibi

To‘rt bosqich — dars taqsimotidan tayyor jadvalgacha.

  1. Ma’lumotlarni yuklash

    Ma’lumotlarni eMaktab’dan yoki Excel’dan yuklang: o‘qituvchilar, fanlar va sinflar avtomatik shakllanadi.

  2. Shartlarni belgilash

    O‘qituvchi va sinflarning ish vaqtlari, metodik kunlar, smenalar, xonalar va binolarni ko‘rsating.

  3. Tuzish va yaxshilash

    Jadval 1–2 daqiqada tuziladi, «Yaxshilash» uni optimallashtiradi. Qo‘lda kiritilgan o‘zgarishlarni aqlli yordamchi nazorat qiladi.

  4. Tarqatish

    Jadvalni eMaktab.uz ga eksport qiling, Telegram orqali yuboring, prorector.uz’ga joylang yoki Excel’ga chiqaring.

Koridor ekrani: hozirgi darslar televizor va monitorlarda

Qaysi sinfda qanday dars ketayotgani, qaysi xonada va kim o‘tayotgani — koridordagi televizorda, ikkinchi monitorda yoki maktab tarmog‘idagi istalgan brauzerda.

  • Katta soat va dars hisobi — nechanchi dars va tugashiga necha daqiqa qolgani, tanaffusda — keyingi dars vaqti
  • Har bir sinf uchun kartochka — fan, o‘qituvchi, xona va keyingi dars
  • O‘rinbosar va kelmaganlar — sariq va qizil rang, «O‘RINBOSAR» va «KELMAGAN» yozuvlari
  • 2–3 monitor — sinflar ekranlar orasida bo‘linadi, masalan 5–6, 7–9 va 10–11-sinflar
  • Maktab tarmog‘i orqali — istalgan qavatdagi Smart TV, kompyuter yoki telefon brauzerida, manzil yoki QR-kod bilan; hech narsa o‘rnatilmaydi
  • Har doim dolzarb — zavuch o‘zgartirishi bilan barcha ekranlar yangilanadi; ma’lumot internetga chiqmaydi

Aqlli sudrash yordamchisi

Darsni qo‘lda joylashtirish tez va xatosiz: yordamchi har bir katak bo‘yicha izoh beradi, to‘sqinlik qilayotgan darslarni suradi, bo‘shagan soatlarni yopadi va har bir harakatning jadval sifatiga ta’sirini ko‘rsatadi.

  1. Darsni oling

    Katta yoki kichik jadvaldan yoki joylanmagan darslar ro‘yxatidan.

  2. Katakni tanlang

    Bo‘sh katakka darhol qo‘yiladi; band katakdagi raqam — nechta darsni surish kerakligi; mumkin bo‘lmasa, sababi yoziladi.

  3. Rejani ko‘ring

    Strelkalar qaysi dars qayerga ko‘chishini ko‘rsatadi: to‘q sariq — suriladigan dars, yashil — bo‘shagan joyni yopuvchi dars.

  4. Qo‘ying — tayyor

    Barcha ko‘chishlar bir harakatda bajariladi, qat’iy shartlar buzilmaydi.

  • Sababi ko‘rsatiladi — o‘qituvchi band, xona yo‘q, ish vaqtidan tashqari, metodik kun yoki dars qulflangan
  • Darcha qolmaydi — bo‘shagan soatlar boshqa darslar bilan avtomatik yopiladi
  • Fan takrorlanmaydi — bir kunga ikkita bir xil dars qo‘yilmaydi, tasodifiy takror tuzatiladi
  • Butun sinf bitta harakatda — joylanmagan dars qo‘yilganda sinfning qolgan darslari ham joylanadi
  • Sifat bahosi — har bir harakatdan keyin: yashil — yaxshilanadi, sariq — pasayadi, qizil — darchalar ko‘payadi
  • Odatiy rejim saqlangan — yordamchi «Yordamchi» tugmasi bilan o‘chiriladi; Ctrl bosilsa, boshqa darslar ko‘chirilmaydi

eMaktab.uz ga eksport va «Yaxshilash»

Jadvalni elektron jurnalga o‘tkazish va uning sifatini oshirish avtomatlashtirilgan.

Tungi yaxshilash, maktab qo‘ng‘irog‘i va zavuch paneli

Jadval tuzilgandan keyin ham ProRector maktabning kundalik ishida yordam beradi.

Jadvalni tarqatish

Tayyor jadval chop etilmasdan har bir o‘qituvchi va sinfga yetkaziladi.

Boshqa imkoniyatlar

Guruhlar va smenalar

Guruhlarga bo‘linadigan fanlar, bir necha smena va har bir sinfning dars vaqtlari.

Ikki haftalik jadval

Hafta oralab o‘tiladigan (surat/maxraj) darslar bitta jadvalda boshqariladi.

«Kimning darchasi»

Darchasi muhim bo‘lgan o‘qituvchilarni belgilang: faqat ular yoki barchasi, belgilanganlar ustuvor.

Nomli bandlik xaritasi

Band kataklarda sinf yoki fan nomi, darchalar alohida rangda — eksportning 21 variantidan biri.

Filiallar va binolar

Bir necha binoli maktablar: binolar orasidagi o‘tish vaqti va biriktirilgan xonalar.

33 til

Dastur interfeysi, hisobotlar va onlayn sahifalar 33 tilda.

Jadval tarixi

Har tuzish, yaxshilash va tozalashdan oldin jadval saqlanadi; istalgan holatga bir bosishda qaytish mumkin.

Tuzishdan oldin tekshiruv

Dastur ma’lumotlardagi ziddiyatlarni topadi va ularning ko‘pchiligini bir bosishda tuzatadi.

Bulutga saqlash

Jadvalni serverga saqlab, boshqa kompyuterda telefon raqami va parol bilan ochish mumkin.

Jadvalni bugunoq tuzishni boshlang

Demo versiya bepul, o‘rnatish bir necha daqiqa oladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Jadval tuzish qancha vaqt oladi?

Jadvalning o‘zi 1–2 daqiqada tuziladi. Ma’lumotlarni import qilish va yakuniy tekshiruv bilan o‘rtacha maktab uchun 30 daqiqa yetarli.

Dastur qaysi kompyuterlarda ishlaydi?

Windows 7, 8, 10 va 11 da. Maxsus quvvatli kompyuter talab etilmaydi.

Internet kerakmi?

Jadval tuzish, yaxshilash, zavuch paneli, qo‘ng‘iroq va koridor ekrani internetsiz ishlaydi. Internet faqat eMaktab, Telegram, bulut, ro‘yxatdan o‘tish va yangilanish uchun kerak.

Koridor ekrani uchun nima kerak?

Kompyuterga ulangan monitor yoki televizor, yoki maktab tarmog‘idagi brauzerli istalgan qurilma. Qo‘shimcha dastur o‘rnatilmaydi.

Jadval buzilib qolsa-chi?

Jadval tarixi orqali istalgan oldingi holatga bir bosishda qaytish mumkin.

Ma’lumotlarni qo‘lda kiritish shartmi?

Yo‘q. Dars taqsimoti Excel’dan import qilinadi, keyin ma’lumotlarni dasturda tahrirlash mumkin.

Dasturni o‘rganish qiyinmi?

Yo‘q. Asosiy amallar bo‘yicha qisqa video qo‘llanmalar «Videolar» sahifasida joylashgan.

Onlayn jadvalni begonalar ko‘ra oladimi?

Yo‘q. Har bir sahifa alohida parol bilan himoyalangan; parolni o‘qituvchi va sinf rahbari biladi.

eMaktab’dagi mavjud jadvalim o‘zgarib ketmaydimi?

Yo‘q. ProRector har bir sinf uchun yangi, nashr qilinmagan sxema yaratadi. Uni tekshirib, eMaktab’da o‘zingiz nashr qilasiz. eMaktab’ga o‘zingiz kirasiz, parolingiz dasturda saqlanmaydi.

«Yaxshilash» natijasi ma’qul bo‘lmasa-chi?

Jarayonni istalgan payt to‘xtatish yoki bekor qilish mumkin. Natija «oldin / keyin» ko‘rsatkichlari bilan hisobotda ko‘rsatiladi.

Jadvalni qo‘lda o‘zgartirsam, ziddiyat paydo bo‘lmaydimi?

Yo‘q. Aqlli yordamchi barcha qat’iy shartlarni tekshiradi, kerak bo‘lsa boshqa darslarni suradi va o‘zgarishning sifatga ta’sirini oldindan ko‘rsatadi. Darsni joylab bo‘lmasa, sababi yoziladi.

O‘qituvchi kelmasa, o‘rinbosar qanday tanlanadi?

Zavuch panelining «Kelmaganlar» bo‘limida o‘qituvchini sababi bilan belgilang. Dastur har bir darsi uchun nomzodlarni reyting bo‘yicha ko‘rsatadi: shu fan o‘qituvchilari va o‘sha soatda bo‘sh bo‘lganlar birinchi o‘rinda. O‘rinbosarni bitta tugma bilan tayinlash yoki darslarni avtomatik taqsimlash mumkin.